10 Noyabr 2022 yil 308

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabr kunidagi  “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–408-son qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyati sektorlar rahbarlari boshchiligida ishchi guruhlari tuzilib, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi asosida bunyodkorlik ishlariga start berildi. Qaror talabidan kelib chiqib, inson qadri ulug‘langan yurtimizda asosiy e’tibor fuqarolarga shart-sharoit yaratish, kundalik va maishiy, kommunal hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilmoqda. Jumladan, bu borada barcha tumanlardagi mahallarda yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, tuproqli yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish ishlari jadal tus olgan. Jumladan, ayni kezlarda viloyatdagi mahallalar ichki yo‘llarini shag‘allashtirishda boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Tizim xodimlari G‘uzor tumanidagi “Eshonquduq” mahallasining Abduhamid qishlog‘idagi ichki yo‘llarni shag‘alllashtirishga jalb etilgan jami 127 ta, shundan yuk mashinalari, greder, katok, yuklovchi maxsus texnikalar ish unumdorligini oshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Natijada “Eshonquduq” mahallasining Abduhamid qishlog‘idagi 1,45 kilometr ichki yo‘llariga 1020 metr-kub qum-shag‘al to‘kilib, tekislandi. Qishloqning 200 tup daraxtlariga ishlov berilib, oqlandi. Yo‘l atrofiga 600 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, 3 nafar fuqaroning yashash uyi va yordamchi binolarini bog‘lovchi eni 1,5 metr, uzunligi 340 metr bo‘lgan yo‘laklarga ham shag‘al yotqizildi.

Amalga oshirilayotgan ishlarda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash bilan birga qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ommaviy ishlarda ishchi guruh tarkibida faol ishtirok etmoqda.

Bu boradagi bunyodkorlik ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech