6 Aprel 2022 yil 894

Obod mahalla dasturi amalda


Barcha sohalarda boʼlgani kabi Obod mahalla dasturi doirasida Koson tumanida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumandagi 16 ta “ogʼir” toifadagi mahallalar - Xalqobod, Oʼrta obron, Qorabayir, Obod, Halima, Sherbek, Boyterak, Yuksalish, Ushoqtepa, Bunyodkor, Beshqoʼton, Аlachabob, Mulali, Pistali, Quybogʼ, Mashʼal MFYlarida jami 116 kilometr tuproq yoʼl mavjudligi aniqlandi.
Mazkur yoʼllarga tosh-shagʼal yotqizish va atrofini obodonlashtirish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev boshchiligidagi ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Аyni kezlarda tumandagi yuqorida nomlari keltirilgan toʼrtta mahalla fuqarolar yigʼiniga qarashli koʼchalarga tosh-shagʼal yotqizilib, tekislandi. Tosh-shagʼal tashishga 200 ta yuk mashinalari, tekislashga esa greder jalb etilib, koʼchalar obodlashmoqda.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: