13 Dekabr 2022 yil 311

Mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabr kunidagi  “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–408-son qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyati sektorlar rahbarlari boshchiligida ishchi guruhlari tuzilib, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi asosida bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Qaror talabidan kelib chiqib, inson qadri ulug‘langan yurtimizda asosiy e’tibor fuqarolarga shart-sharoit yaratish, kundalik va maishiy, kommunal hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilmoqda. Jumladan, viloyatdagi mahallalardagi qishloqlarning ichki yo‘llari infratuzilmasi o‘rganib chiqilganda, bir qator mahallalarning ichki tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish lozimligi ma’lum bo‘ldi. Natijada Qamashi tumanidagi Elobod, Rabot, Bunyodkor, Qishliq, Yuksalish, Savsantepa, Sarbozor, Boburtepa, Qiziltepa, Uzun, Chuqurqishloq, Quyi yangi kabi yigirmadan otriq mahallalarning 210 kilometr ichki tuproqli yo‘llariga qo‘m shag‘al  yotqizildi.

Aynan shu bugun tumanning “Mayda” mahallasidagi Do‘stberdi qishlog‘ining 1,5 kilometr ichki tuproqli yo‘llariga qo‘m shag‘al to‘kilib tekislandi. Ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarida boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Tizim xodimlari tomonidan avtogreyder, katok, yuklovchi va qum tashuvchi texnikalar jalb etilgan holda tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tishiga hissa qo‘shmoqda.

Text to speech