Nishon
tumanidagi "Istiqbol" mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod
mahalla” tamoyili asosida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Xususan,
bugun, 2-may kuni 3-sektor rahbari tuman IIB boshligʻi Sh.Raxmanov
boshchiligida mazkur mahallada obodonlashtirish ishlari qay suratda davom
etayotganligi muhokama qilindi.
Unda
mahalla faollari, tegishli mutasaddilar, mahalla yettiligi vakillari hamda
nuroniylar ishtirok etdi.
Shuningdek, 3-sektor rahbari tuman IIB boshligʻi
"Istiqbol" mahallasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi
bunyodkorlik - obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, tegishli
mutasaddi rahbarlarga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: