“Nurli maskan”da o‘quvchilari Yangi yil bayramida
Yangi yil bayramini bolajonlar o‘zgacha zavq
va shavq bilan qarshi oladi. Negaki, yashil archa atrofidagi raqslar, ezgulik
va yovuzlik o‘rtasidagi kurash aks etgan turli sahna ko‘rinishlari bolajonlarda
o‘zgacha taassurot uyg‘otadi.
Qarshi shahridagi “Hafizaxon” to‘yxonasida
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi 18-sonli “Nurli
maskan” maktab-internati o‘quvchilari va boshqarma Voyaga yetmaganlarga
ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanyotgan bolalar uchun bayram
dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Bolalar huquqlari
bo‘yicha vakili ombudsman Surayyo Raxmonova, viloyat hokimligi Mahalla va
oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Komila Karomov,viloyat ichki ishlar
boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi
boshlig‘i polkovnik Ruslan Temirov so‘zga chiqib, “Nurli maskan” o‘quvchilari hamda boshqarma Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy
huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan bolajonlarni Yangi yil
bayrami bilan tabriklab, o‘quvchilar kelgusida o‘z bilimi va iqtidori bilan
Vatan ravnaqiga munosib hissalarini qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan
aytilgan ona Vatanni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha fayz
bag‘ishladi.
Tadbirda Qorbobo va qorqiz tomonidan
ulashilgan sovg‘alar, turli ko‘rinishdagi ertak qahramonlarining chiqishlari va
vohadagi taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bolajonlarda katta taassurot
qoldirdi.