14 Sentyabr 2022 yil 723

Nurli maskanda shaxmat-shashka musobaqasi oʼtkazildi

Qarshi shahridagi 18-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʼquvchilar oʼrtasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan sportning shaxmat va shashka turlari boʼyicha musobaqa tashkil etildi. Аql charxi bellashuvlarida maktab-internatning barcha sinf oʼquvchilari ishtirok etishdi.
Qizgʼin va murosasiz bellashuvlarning shaxmat musobaqasida maktabning 1-oʼrinni 5-“d” sinf oʼquvchisi Saidaloxon Gʼulomov, 2- va 3-oʼrinlarni 11-sinf oʼquvchilari Muxlisbek Tursunov bilan Isomiddin Uzoqov egalladi.
Musobaqaning shashka yoʼnalishida 1-oʼrinni maktab-internatning 11-“b” sinf oʼquvchisi Shaxzod Safarov, 2-oʼrinni 11-“b” sinf oʼquvchisi Elyor Ikromov, 3-oʼrinni 6-“d” sinf oʼquvchisi Аsadbek Xalilov qoʼlga kiritdi.
Gʼolib va faol ishtirokchilarga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining “Faxriy yorligʼi” va qimmatbaho sovgʼalarini boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boʼlim boshligʼi podpolkovnik Hidoyat Toʼraeva topshirdi

Text to speech