Xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi IIV madaniyat saroyi “Ashula va raqs” ansamblining a’zolari Qarshi shahridagi “Nurli maskan” maktab-internatida o‘quvchilarga konsert dasturini namoyish etishdi.
O‘quvchilarga ham ma’naviy, ham madaniy hordiq ulashgan tadbirda taniqli so‘z ustasi O‘tkir Muhammadxo‘jaev, qiziqchi Zokir Ochildiev, xonadalar Davron Axmedov, Mashhura Ergasheva, Suxrobbek Xamdamov, Ulug‘bek Xalikov, Shahnoza Otaboeva va Farhod Qambarovlar tomonidan aytilgan latifa va kuy-qo‘shiqlar o‘quvchilarda o‘zgacha zavq-shavq va katta taassurot qoldirdi. Tadbirda “Nurli maskan” o‘quvchilari ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarga miriqib raqs tushishdi. Madaniy tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: