2 Fevral 2024 yil 363

“Nurli maskan” o‘quvchilari teatrda

Qashqadaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida “Nurli maskan” maktab internati o‘quvchilari uchun rejissyor Abbos Qurbonov tomonidan sahnalashtirilgan “Qo‘rqoq” nomli spektakl namoyish etildi.

Qarshi shahridagi 18-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab internatining 154 nafar  o‘quvchilari spektaklda bo‘ri bilan tulkining tovuqni o‘g‘irlab ketishi, uni uy egasining bolasi qutqarishda qo‘rqoqlik qilishi, bobosi yordamida qutqarganini maroq bilan tomosha qilishdi.

Spektakl bolalarda ko‘z qo‘rqog‘u qo‘l botir g‘oyasi, adolat tantanasi, zo‘ravonlik baribir jazoga tortilishiga ishonch hosil qilishdi.

Yakunda bolalar spektakl uchun yaratilgan dekoratsiyalar bilan tanishib, suratga tushishdi. Tomosha bolalarda o‘zgacha va katta taassurot qoldirdi.

Text to speech