10 Oktyabr 2022 yil 330

“Nurli maskan orzulari”

 

Qashqadaryo viloyati 18-sonli ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasida Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan tayyorlangan “Nurli maskan orzulari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar va Xalq ta’limi boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Taqdimotda so‘z olganlar oramizda jismoniy jihatdan imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, to‘rt muchasi sog‘ kishilar qilolmagan ishlarni uddalay oladigan, sportda, san’atda, ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishib, inson irodasi va matonati nimalarga qodirligini amalda namoyish etadigan fidoyilar haqida maqolalar o‘rin olganini ta’kidlashdi.

Respublikamizdagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ta’lim olayotgan «Nurli maskan» maktablarida ana shunday iqtidorli yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Kitob keng ommaga mo‘ljallangan mazkur kitobda ularning ijod namunalari bilan yaqindan tanishgan kishi  atrofga o‘zgacha nazar bilan qarash hissiga cho‘lg‘anadi.

Tadbirda o‘quvchilar kutubxonaga tashrif buyurib, “Nurli maskan orzulari” kitobi bilan yaqindan tanishdilar.

Text to speech