20 Dekabr 2022 yil 308

“Nurli maskan” va VEIHYOKMda tarbiyalanayotgan o‘quvchilari Yangi yil bayramida

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi 18-sonli “Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchilari uchun Qarshi shahridagi Farovon choyxonasida Yangi yil bayrami tashkil etildi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshqarma JXX VEIHYoKMda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar va ikki yuz yetmish bir nafar o‘quvchilar hamda maktab pedagogik jamoasi ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Aziz Allanarov barcha “Nurli maskan” o‘quvchi va o‘qituvchilarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, o‘quvchilar kelgusida o‘z bilimi va iqtidori bilan Vatan ravnaqiga munosib hissalarini qo‘shishiga ishonch bildirdi. 

-Yangi yil barcha orziqib kutadigan, bolajonlar sho‘x-shodon o‘ynab kuladigan bayram, - dedi “Nurli maskan” maktab internati direktori Gulbahor Xamidova. -  Shu bois bu bayramni boshqalardan ko‘ra bolajonlar ko‘proq orziqib kutadi. Maktabimiz viloyat ichki ishlar boshqarmasi tasarrufiga o‘tgach, har bir bayram alohida nishonlanib kelmoqda. O‘z navbatida bu o‘quvchilarimizga o‘ziga xos motivatsiya bermoqda.

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan aytilgan ona Vatanni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 

Tadbirda Qorbobo tomonidan ulashilgan sovg‘alar, turli ko‘rinishdagi ertak qahramonlarining chiqishlari va vohadagi taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech