25 Dekabr 2024 yil 1352

“Nurli maskan” da Yangi yil bayrami

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Qarshi shahridagi 18-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida Yangi yil bayrami tashkil etishdi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va maktab pedagogik jamoasi hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov  ochib, barcha “Nurli maskan” o‘quvchi va o‘qituvchilarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. O‘quvchilar kelgusida o‘z bilimi va iqtidori bilan Vatan ravnaqiga munosib hissalarini qo‘shishiga ishonch bildirdi. Albatta Yangi yil bayramini bolajonlarning sho‘x-shodon o‘yin-kulgusisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bayramda Qorbobo va Qorqiz hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan ulashilgan sovg‘alar, turli ko‘rinishdagi ertak qahramonlarining chiqishlari bolajonlarga bir olam zavq bag‘ishladi. Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan aytilgan ona Vatanni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 

Tadbirda ijro etilgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar bolajonlarning bayram kayfiyatini ko‘tarib, katta taassurot qoldirdi.

Text to speech