“Nostandart vaziyatlarda xodimlarni o‘zini boshqarishi hamda faoliyatda yuzaga keladigan zo‘riqish va stress holatlarni oldini olishning psixologik usullari”
Qashqadaryo viloyati IIBda ichki ishlar
organlari xizmatiga qabul qilingan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar
bilan “Nostandart vaziyatlarda xodimlarni o‘zini boshqarishi hamda faoliyatda yuzaga
keladigan zo‘riqish va stress holatlarni oldini olishning psixologik usullari” mavzusida
psixologik trening mashg‘ulotlari hamda seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ko‘lami keng tadbirda ichki ishlar
organlari xodimlari fuqarolar bilan muloqotda bosiq va vazmin holatda xushmuomalada
bo‘lishi, holatni xolis baholab, qonuniy chora ko‘rish usullarini qo‘llashi, shaxslar
bilan muloqotga kirishayotganda o‘ta chidamli bo‘lishi tushuntirildi.
Seminar yakunida xodimlar bilan turli stres holatlardan
chiqish va ruhiy muvozanatni saqlash usullariga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.