24 Fevral 2022 yil
437
Noqonuniy qum shagʼal qazib olgan fuqaro jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kitob tumani boʼlimi inspektorlari, IIB va YPX xodimlari bilan birgalikda hududda navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʼtkazildi.
Nazorat reyd mobaynida “Obod” MFY hududidan oqib oʼtuvchi Qashqadaryo daryosi oʼzanidan noqonuniy ravishda fuqaro M.U tomonidan qum shagʼal aralashmasini qazib olayotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 2.700.000 ming soʼm jarima belgilandi.
Shuningdek, huquqbuzarga oʼzboshimchalik bilan qazilma boyliklarini qazib olish noqonuniyligi tushuntirib oʼtildi.