13 Aprel 2024 yil 432

Noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgan turli xildagi dori vositalarini savdosiga chek qo‘yildi

Inson qadri ustuvor darajaga ko‘tarilgan mamlakatimizda fuqarolar salomatligini saqlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois sog‘liqni saqlash tizimida ham inson salomatligini asrash borasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolar salomatligini asrashda sog‘liqni saqlash tizimining muhim tarmoqlaridan bo‘lgan farmasevtika sohasining roli o‘ta muhim. Ammo sifatsiz dori-darmonlarni iste’mol qilish bemorni davolash o‘rniga aksincha uni ahvolining yomonlashuviga ayrim hollarda o‘limiga sabab bo‘lib qolish holatlari jamiyatda uchrab turibdi.
Yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan, sifat nazoratidan o‘tmagan dori vositalarini sotish, ularni yetkazib berish, saqlash kabi qonunbuzarliklar sodir etishga uringan Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi shaxslarning kirdikorlari fosh etildi.
Xuddi shunday holat joriy yilning 3-aprel kuni Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘limi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda aniqlandi. Tumanni “Yangi Batosh” mahallasida yashovchi fuqaro M.Q. yashash xonadonida Surxondaryo viloyati Sherobod tumani “Kattahayot” mahallasida yashovchi fuqaro A. S. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomashinasiga xonadonda noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgan turli xildagi dori vositalarini yuklamoqchi bo‘lgani tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlandi.
Fuqaro M. Q.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonda taxminiy qiymati 720 million so‘mlik 31 xil turdagi jami 7909 qutilar va 600 dona shisha idishlarda dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2024-yil 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech