22 Aprel 2024 yil 512

Noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

2024 yil 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer sotish bilan bog‘liq yana bir jinoyat fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar Shayxali mahallasida yashovchi Elyor Koson tumani Nihol mahallasida yashovchi Qahramon bilan til biriktirib, shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan Shayxali mahallasidagi 0,08 gektar yer maydonini Qarshi shahri kadastrlar palatasida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, xaridordan 75 000 000 so‘m pullarni olgan vaqtda viloyat IIB tezkor xodimlar tomonidan ushlandi. Holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi  2-qismi  “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech