3 Sentyabr 2021 yil 459

Nogironligi boʼlgan fuqarolarning yashash xonadoniga borib ID-kartalari topshirilmoqda

 

Chiroqchi tumani IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlinmasi xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj kasalmand va nogironligi boʼlgan fuqarolarning yashash xonadoniga borib, shaxsini tasdiqlovchi hujjat yaʼni, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi ID kartalari topshirmoqda.

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tumanning 3-sektor hududi "Dam" mahallasida yashovchi 2005 yilda tugʼilgan I guruh nogironi Rohila Toshtemirovaning yashash xonadonida boʼlgan tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlinmasi xodimi unga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi ID kartasi berib, Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi hamda unga badiiy kitoblar sovgʼa qildi. Bu kabi tadbirlar tuman boʼylab davom etadi.

Text to speech