27 Noyabr 2023 yil 931

Nogironligi boʼlgan 11 nafar opa-singillarimizga ID-kartalari topshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) bilan hamkorlikda Shahrisabz tuman Ichki ishlar, Shahrisabz tuman FHDYO boʼlimi masʼul xodimlari hamda  Shahrisabz “Muruvvat” nogironligi boʼlgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga tashrif buyurishdi.

Bugun mas’ullar tomonidan barcha kerakli hujjatlar tayyorlanib onlayn tarzda rasmiylashtirildi hamda ushbu muassasada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning 11 nafariga fuqaroligini tasdiqlovchi ID-kartalar topshirildi.

Ushbu muassasa rahbariyati ko’rsatilayotgan bu kabi g’amxo’rlik uchun davlatimiz rahbariga hamda mas’ullarga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Text to speech