3 May 2024 yil 532

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ID-kartalar topshirildi

Shahrisabz tuman IIB MvaFRB xamda viloyat bojxona boshqarmasi tarkibiy tuzilmalari tomonidan viloyatimizda joylashgan “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga doimiy ravishda tashrif buyurib, ular holidan xabar olmoqda.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda Shahrisabz tuman IIB MvaFRB mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Shahrisabz “Muruvvat” nogironligi boʼlgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga tashrif buyurishdi.

Ushbu muassasada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning 5 nafariga fuqaroligini tasdiqlovchi ID-kartalar topshirildi.

Ushbu muassasa rahbariyati ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibor uchun davlatimiz rahbariga hamda mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Text to speech