Nogiron onaxonga ID-kartasi berildiNogiron onaxonga ID-kartasi berildi
Yurtimizda u kim, qaysi millat vakili boʼlishidan qatʼiy nazar insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, uning haq-huquqlariga ustuvor qadriyat sifatida yondoshilmoqda. Bunday xayrli va ezgu ishlar qonunlarimida ham oʼz aksini topgan. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonining 2-ilovasi , 2-bob, 15-bandiga muvofiq “Oʼzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sogʼligʼining holatiga koʼra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi boʼlgan shaxslar ID-kartani rasmiylashtirish va olish uchun maʼlumotlarni yigʼish punktiga shaxsan oʼzlari yoki qonuniy vakillari orqali (ogʼzaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda, ID-karta maʼlumotlarni yigʼish punktining masʼul xodimi tomonidan oʼn besh kun muddatda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda rasmiylashtirib beriladi. Bunda koʼrsatilgan xizmat uchun qoʼshimcha toʼlov undirilmaydi.”-deb belgilangan.Farmon talabidan kelib chiqib, ayni kezlarda sogʼligi yoʼqligi tufayli mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan, 1935 yilda Rossiya Federatsiyasida tugʼilgan Safargalieva Daniya Raxmatulovnani xonadoniga Qarshi shahar IIO FMB M va FRB xodimlari tashrif buyurib, amal qilish muddati tugagan “Xorijiy fuqaro uchun” Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ID-kartaga almashtirib berildi. Onaxon bunday eʼtibor va gʼamxoʼrlik uchun muhtaram Prezidenimizga, ichki ishlar organlari xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.