4 Dekabr 2023 yil 1129

Nogiron faxriylar holidan xabar olindi


     Butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya’ni yetti kishidan biri nogiron bo‘lib, shundan 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi.

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 3-dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan har yili viloyat hududi bo‘ylab barcha nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilinib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj nogironlar holidan xabar olib kelinmoqda.

      Shu munosabat bilan bugun, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi vakillari Ichki ishlar organlarida ko‘p yillar xizmat qilib, hozirda ijtimoiy ko‘makka muhtoj nafaqadagi xodimlar holidan xabar olishdi.

     Ichki ishlar organlarida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan nafaqaga chiqqan, iste’fodagi polkovnik Narzulla Jumanov, jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan nafaqaga chiqqan, iste’fodagi mayor Sherovat  Mahmudov, iste’fodagi kapitan Zinchenko Tamara  hamda iste’fodagi serjant Yulya Salavyanovalar xonadoniga borilib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon kabi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatild.

 Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari yoshi ulug‘ faxriylarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlab, ruhiyatini ko‘tarish maqsadida xizmat davridagi voqealarni eslab suhbatlashdilar.

Text to speech