14 Noyabr 2024 yil 686

Noyabr - “Keksalar uchun turizm oyligi”

Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mana to‘rt yildirki, yurtimizda har yili noyabr oyligi  “Keksalar uchun turizm oyligi” sifatida belgilanib, nuroniy faxriylarning yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga sayohati tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, ichki ishlar organlari faxriylari ham bundan mustasno emas. Tizimda faxriylar va ularni oila a’zolarini salomatligini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish va qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash, keksa avlod vakillarini ona Vatan osoyishtaligi va yurt tinchligi yo‘lidagi uzoq yillik mehnatini inbobatga olgan holda ularga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish diqqat-markazda turibdi.
Oylik doirasida yaqinda viloyat ichki ishlar boshqarmasining bir guruh faxriylari viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taklif etilib, ularga oylik mohiyati tushuntirildi. So‘ngra, Qarshi shahridagi Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyoratgohiga sayohati tashkil etildi.
Tadbirda ichki ishlar organlari faxriylariga ziyoratgoh mas’ullari tomonidan obidaning yuzaga kelishi va yaratilish tarixiga oid ma’lumotlar berildi.
Ham ruhiy quvvat, ham ma’naviy bilimini boyitgan xodimlar ziyoratgohdan bir olam taassurot olishdi.
Bu boradagi ishlar viloyatning shahar-tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech