3 Iyul 2021 yil 640

NIZO QOTILLIKKА BOSНLАDI

Koson tumani “Toshkoʼprik” MFYda fermer xoʼjaligi raisi bilan yollanma ishchisi oʼrtasidagi oʼzaro kelishmovchilik tufayli roʼy bergan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, tuman hokimligi, prokuraturasi, IIB rahbarlari, mahalla faollari va jinoyat sodir etgan shaxsning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muhokama yigʼilishida soʼzga chiqqan viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev oila turmush doirasida sodir etilgan bu jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va omillarni atroflicha tahlil etdi.
Mahalla faollari bu ishga panja orasida qaragan. Negaki, rasmiyatchilik yuzasidan ikki tomondan ham shikoyat tushmagani uchun ularning janjaliga biror marta aralashmagani mahalla faollari keskin tanqid ostiga olindi. Bunday salbiy holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahallaning masʼul mutasaddilariga xizmat tekshiruvi tayinlanib, ogohlik va hushyorlikni oshirishi lozimligi qayd etildi.
Tanqidiy ruhda oʼtgan yigʼilishda oʼz vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan sektor rahbarlari qattiq ogohlantirilib, masʼul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech