9 Avgust 2021 yil 471

Nishondan yoʼqolgan mollar zomindan topildi

Nishon tumani “Yoshlar Diyori” MFYda yashovchi K.S. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 2021 yil 28 iyulь kuni soat 11:00dan 15:00ga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida, tumanning “Oydin” MFY hududi dala maydonida bogʼliq holda turgan 8 bosh jami bozor bahosi 44.000.000 soʼm boʼlgan yirik shoxli mollari nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketilganligi bildirgan.
Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib berilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatini, Nishon tumani “Oydin” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan T.Sh. hamda Samarqand viloyati Kattaqoʼrgʼon tumani “Balandravod” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan N.J. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Gumondorlarning koʼrsatmasi asosida Jizzax viloyati Zomin tumani “Baxt” MFYda yashovchi T.K.dan 5 bosh yirik shoxli oʼgʼirlangan mollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Endi oʼgʼrilar mollarni qanday qilib Zomin tumaniga olib borganini tergovchiga aytib berishiga toʼgʼri keladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech