27 Mart 2024 yil 186

“Qo‘ng‘irtog‘” harbiy dala o‘quv maydonida viloyat IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy ichki ishlar organlari xodimlari bilan qurol-aslaha hamda jangovar texnikalardan foydalanish bo‘yicha amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari boshlandi.

Qashqadaryo  viloyat IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining meyoriy buyruqlari, shuningdek xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, jangovar harakatlarda, vaziyat keskin o‘zgargan ekstremal sharoitlarda hamda jangovar shaylikning yuqori darajalarida samarali va ishonchli harakat qilishi, yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur bo‘lgan harbiy mahorat, tezkor-taktik fikrlash,  yuksak axloqiy-ruhiy va jismoniy holatini shakllantirish maqsadida bir qator o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, yaqinda IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli  “Qo‘ng‘irtog‘” harbiy dala o‘quv maydonida viloyat IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy ichki ishlar organlari xodimlari bilan qurol-aslaha hamda jangovar texnikalardan foydalanish bo‘yicha amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari boshlandi.

Text to speech