16 Iyul 2024 yil 695

Nishon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning muvofiqlashtiruvchi kengashining 2024 yil 6 oy yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasa rahbarlari, mahalla yettiligi ishtirok etdi.

Nishon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya etish borasida 2024 yil 6 oyi davomidagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalari to‘g‘risida tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kengashda muhokama etilgan masala yuzasidan viloyat prokurorining o‘rinbosari O.Qo‘ldoshev, tuman prokurori S.Djalilov, tuman IIB boshlig‘i Sh.Raxmanovlarning fikrlari tinglandi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan ushbu yig‘ilishda, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida aniqlangan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ishlash, borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Text to speech