28 May 2024 yil 417

Nishon tumanida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan yo‘riqnoma oʻtkazildi.

Viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari - Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi podpolkovnik Z.Xo‘janov, tuman hududlarida tungi xizmatni tashkil etish, borasida yoʻriqnoma oʻtkazildi.


Yigʻilishda profilaktika inspektorlari, milliy gvardiya ofitserlari, va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Ta'kidlandiki Viloyat hududida oxirgi kunlarda sodir etilayotgan o‘ta og‘ir jinoyatlar haqida gapirilib, xodimlarga xizmatni manzilli tashkil etish, ommaviy o‘tirishlarni oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik, tungi xizmatga biriktirilgan xodimlarga tungi xizmatni sifatli tashkil etish, har qanday savdo do‘konlarni o‘z vaqtida berkitish choralarini ko‘rish, hududdagi tashkilot va maktablar qorovullarini hushyorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech