27 May 2024 yil 376

Nishon tumanida tungi xizmatni tashkil etish, jamoat tartibini saqlash borasida yoʻriqnoma oʻtkazildi.

Nishon tumani prokurori S.Djalilov va tuman IIB boshligʻi Sh.Raxmanovlar tumanimiz hududida tungi xizmatni tashkil etish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun reja asosida xizmatga jalb qilingan xodimlarga xizmat oldi yoʻriqnoma oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan mazkur yoʻriqnoma yigʻilishida mahallalardagi profilaktika inspektorlari, milliy gvardiya ofitserlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Nishon tumani IIB boshligʻi podpolkovnik Sh.Raxmanov tomonidan jamoat joylarida, mahallalarda xodimlar tomonidan xizmatni olib borish jarayonlari bilan tanishish asnosida ularga qo‘shimcha yo‘riqnoma va tavsiyalar berib oʻtildi.


Hududlarda osoyishtalikni ta’minlashga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlanib, bu borada jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech