4 Iyul 2024 yil
461
Nishon tumanida "Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida seminar o‘tkazildi
Qashqadaryo
viloyatida 1 iyuldan - 30 iyulga qadar “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi –
Cyber month Qashqadaryo” kompleks targ‘ibot tadbiri boshlandi.
Shu
munosabat bilan, Nishon tumani xokimligi yig‘ilishlar zalida huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar mas’ullari va nuroniylar ishtirokida
o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminar
avvalida viloyat Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik
markazi mas’ul xodimi, Respublika markaziy banki mutaxassisi tuman IIB
boshlig‘i tomonidan mazkur oylikning maqsadi, vazifalari, oldinda
rejalashtirilgan harakatlar xususida tadbir qatnashchilariga atroflicha
ma’lumot berib o‘tdilar.