28 Mart 2025 yil 419

Nishon tumanida xavfsizlikni ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda

Nishon tumanida Prezident qarori ijrosini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2025 yilda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish uchun quyidagi chora-tadbirlar bajarildi:

3 ta muhim manzilga "tashvish tugmasi" 24 dona ko‘cha chiroqlari o‘rnatilib, mahallalarning yorug‘ligi ta’minlandi.

15 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatildi, jumladan: 2 ta 360⁰ burchakda kuzatuvchi kamera, 1 ta yuzni identifikatsiya qiluvchi kamera, 9 ta oddiy kuzatuv kameralari, aholi va muassasalar serqatnov bo‘lgan yo‘llarda piyodalar yo‘laklari tashkil etildi.

2 dona yo‘l belgisi o‘rnatildi, yo‘l harakatining xavfsizligi ta’minlanib, chiqindixonalar batamom tozalanib, ularga darvozalar o‘rnatildi.

Ushbu chora-tadbirlar orqali tumanda xavfsizlikni oshirish, aholi uchun tinch va osoyishta muhit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.

Text to speech