17 Aprel 2024 yil 190

Nishon tumanida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Nishon tuman hokimligida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Salomovich Ismoilov, tuman hokimi B.Tog‘ayev, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov so‘zga chiqib, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini atroflicha tahlil etdi.

Kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan boshqarma boshlig‘i mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Yig‘ilishda podpolkovnik Sherzod Raxmonov Nishon tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Text to speech