22 Aprel 2024 yil 286

Nishon tumani IIB boshlig‘i o‘ziga biriktirilgan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi

Nishon tumani 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i Sh.Raxmanov "Shirinobod" mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashib, aholining bo‘sh turgan yerlardan oqilona foydalanib, tomorqa madaniyatini yuksaltirish va daromad olishlari lozim bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha topshiriqlar berib o‘tdi.
Shuningdek, ushbu mahallada serunum yerlardan foydalanib, kartoshka, pomidor, sarimsoq piyoz kabi sabzavotlarni yetishtirib, ichki bozorlarga yetkazish orqali bandligini ta’minlashni rejalashtirish bo‘yicha aholi xonadonlarida bo‘lib, kerakli tavsiyalar va akliflar berdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech