Nishon tuman IIBda joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov va tuman IIB rahbariyati, tezkor hamda boshqa sohaviy xizmat vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov amaldagi yilning o‘tgan davrida tumanda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “Issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tanqidiy-tahlil qildi. Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinayotgani, shu bois
faoliyat davomida inson qadri uchun shiori ostida fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ta’minlashda, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda tamagirlik,
poraxo‘rlik, manfaat evaziga xizmat intizomi hamda qonun buzilish holatlariga
yo‘l qo‘ymaslik haqida ishtirokchilar qattiq ogohlantirildi.
Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.