Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari
Qarshi
shahridagi harbiy qismda “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” o‘quv
yig‘ini doiraisda shahar-tumanlardagi uyushmagan va probatsiya nazoratidagi
yoshlarning qiziqishlari, qobiliyati, iqtidori va muammolarini o‘rgangan holda
kasb-hunar hamda chet tilini o‘rganishga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash,
tadbirkorlikka jalb qilish orqali faol ijtimoiy hayot tarziga yo‘naltirimoqda.
Bu galgi
o‘quv yig‘inida Yakkabog tuman ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhg‘i
nazorati ostidagi va uyushmagan 32 nafar yoshlar qatnashmokda.
O‘quv
dasturi doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining sayyor sud
majlisi o‘tkazilib, unda nazoratdagi shaxslarga huquqiy tushunchalar berildi.
Yakunda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining tavsiyanomasiga binoan
Probatsiya guruhi nazoratidagi 2 nafar yoshlar jazoni o‘tashdan muddatidan
ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
O‘quv
yig‘ini davom etmoqda.