⚡️“Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari”
Qashqadaryo viloyati IIB va IIV Akademiyasi professor o‘qituvchilari hamkorligida viloyatimizning shahar va tumanlarida uyushmagan yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida o‘quv yig'inlari tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi o‘quv yig'ini Qashqadaryo viloyati Qarshi, Qamashi va G'uzor tumanlarida o'tkazildi. Unda xotin-qizlar jalb qilindi. Targ‘ibot tadbirida xotin qizlar uchun “Vatan va daxldorlik tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda inson taqdiridagi o‘rni”, “O‘zbek xalqi shonli tarixidagi buyuk vatandoshlarimizning ibratli hayoti va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”, shuningdek “Virtual makondagi kiber tahdidlarning yoshlar ongiga ta’siri va salbiy oqibatlari”, “Spirtli ichimliklar, psixotrop va giyohvand moddalarning inson organizmiga salbiy ta'siri mavzulari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi. O‘quv seminarida Qarshi, Qamashi va G'uzor tumanlari sektor rahbarlari hamda sohaga aloqador mas’ullar ishtirok etishdi. Ular tomonidan xotin qizlarning savollariga batafsil javoblar qaytarildi.
Targ‘ibot tadbiri yakunida, o‘quv treningda faol ishtirok etgan yosh xotin qizlarga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.