9 Yanvar 2025 yil 288

“Yangi O‘zbekiston armiyasi, mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida Koson tumanida tashkil etilgan tadbirda qatnashishdi

IIV Qashqadaryo akademik litsey o‘quvchilari 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi, mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida Koson tumanida tashkil etilgan tadbirda qatnashishdi.

Tadbirda litsey o‘quvchilari harbiylarning jangovar mashinalari va qurollari, aloqa vositalari hamda mavsumiy kiyimlarini tomosha qilishdi.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirish, yoshlarda vatanparvarlik, tanlagan kasbiga sadoqat, mardlik singari tuyg‘ularni kuchaytirishga qaratilgan tadbirda o‘quvchilar katta ta’ssurot olishdi.

Text to speech