30 Noyabr 2024 yil 547

“Yangi O‘zbekiston – ayol qadri ulug‘langan yurt!”

Qashqadaryo viloyatida “Zo‘ravonliksiz 16 kun” tadbir doirasida  “Yangi O‘zbekiston – ayol qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida “Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tomorqadan unumli foydalanish va daromad topishga  o‘rgatish, jinoyatchilik va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha “Qashqadaryo tajribasi” mavzusida respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mita raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari – Oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, hududiy ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshliqlari o‘rinbosarlari, shahar-tuman hokimliklari xotin-qizlar bo‘limi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov ochib, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash borasida Qashqadaryo viloyatida tizimli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev tadbirda ishtirok etib, mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ayollarni faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator profilaktik  tadbirlar o‘tkazilganini ta’kidladi. Bunda mahallalarda ichki ishlar organlari xodimlari oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda «Oqila ayollar maslahat kengashlari» hamkorligida xotin-qizlar bilan manzilli tarzda yakka tartibdagi ta’sirchan profilaktik tadbirlar muntazam amalga oshirilgani bois qator yutuqlar qo‘lga kiritilganini bildirdi.

Text to speech