26 Aprel 2024 yil 441

“ENG YAXSHI MЕRGAN”

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida shaxsiy tarkibning kasbiy, jismoniy tayyorgarligini oshirish borasida jangovar mashg‘ulotlar, sport musobaqalari muntazam uyushtirib kelinmoqda.
Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan, boshqarma jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul post xizmati bataloni yopiq o‘q otish maydonida ichki ishlar organlarining shahodatlangan ayol va erkak xodimlarning kasbiy va jangovar shayligini oshirish, turli murakkab vaziyatlarda qurollardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Eng yaxshi mergan” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirok etgan musobaqada dastlab qatnashchilar bilan jangovar qurollar va maxsus vositalarni qo‘llash, ularning texnik-taktik xususiyatlari, to‘liqsiz qismlarga ajratish hamda yig‘ish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
MЕrganlik musobaqasining xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarida Shahrisabz tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi, mayor Murodjon Mahkamovga teng keladigan mergan topilmadi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlar Dehqonobod tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi leytenant Shoxruh Jontemirov va Mirishkor tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi, leytenant Asqarali Choriyevga nasib etdi.
Musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarida birinchi o‘rinni Kitob tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi, mayor Dilabza Sevinova, 2 o‘rinni boshqarma ma’naviy –ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Zarina Kenjayeva va 3-o‘rinniQarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi, kapitan Maftuna Shokirova band etdi.
Bu kabi mashg‘ulotlar xodimlarning favqulodda holatlar va qaltis vaziyatlarda to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qilishida asqotishi tabiiy.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech