6 Sentyabr 2024 yil 481

“Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi”

Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-sonli Farmoni va Ichki ishlar vazirligining teishli ko‘rsatmasiga muvofiq Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bosqichda bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirokchilarning tarbiyaviy ishlar - xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish ahvoli, “xodimbay” ishlash ko‘rsatkichlari, shaxsiy tarkibning malaka toifasi ko‘rsatkichlari, ommaviy axborot vositalarida orqali targ‘ibot-tashviqot ishlari, jamoaviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda psixodiagnostik tekshiruvlar ko‘lami va natijalari, ijtimoiy ko‘mak va huquqiy himoya ko‘lami, o‘tkazgan madaniy tadbirlari, kutubxonadagi kitoblar fondi va xodimlarning adabiyotlarni mutolaa qilish tahlili hamda tavsiya etilgan 39 ta adabiyotni o‘qiganligi, Vatanparvarlik burchagi, “Ma’naviyat va ma’rifat xonasi”ning jihozlanishi, ma’naviyat va ma’rifat darsi imtihoni natijasi tahlil etildi.
Tanlovning ikkinchi shartida ishtirokchilarning davlat boshqaruvi sohasidagi bilimi, tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar mazmuni og‘zaki savol javob, ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar va sohaning me’yoriy buyruqlariga oid bilim darajasi test sinovi asosida aniqlandi.
Uchinchi shartda esa ishtirokchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasi to‘sinda tortilish, 100 va 1000 metrga yugurish sinovdan o‘tkazildi.
To‘rtinchi bosqichda ishtirokchilar bilan yakka tartibda og‘zaki suhbat bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra Mirishkor tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Xabibullo Muxammadiyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni esa G‘uzor tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Alimardon Raximov va Koson tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Asror Boynazarov band etdi.
G‘oliblar g‘oliblik diplomi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Endi tanlov g‘olibi musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Text to speech