4 Avgust 2021 yil 568

Nazoratdagi shaxslar ragʼbatlantirildi

Shahrisabz shahrida Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik Bekmurod Аbdullaev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya xizmati hisobida turgan shaxslar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzi, ularda halol mehnatga munosabatni shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarini aniqlab, moddiy va maʼnaviy koʼmaklashish borasida soha xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan yigʼilish oʼtkazdi.
Jamiyatda sodir etilayotgan jinoyatlar tahlil qilinganda aksariyat holatda shaxs muqim ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʼullanmasligi, ehtiyoji va sarf-xarajatlari uchun yetishmovchiliklar paydo boʼlishi oqibatida jinoyat sodir etishi kuzatiladi. Oila turmush doirasidagi jinoyatlar esa oilada, qoʼni-qoʼshnilar, yaqinlar, tanish-bilishlar orasida doimiy ravishda paydo boʼlayotgan ziddiyatli munosabatlar, kelishmovchiliklar, uy-joy masalasi, mulkiy nizolar hamda muammolar oʼz vaqtida hal etilmasdan, qonuniy yechimini topmaganligi oqibatida sodir etilmoqda.
Shu bois Probatsiya xizmati hisobida turgan shaxslar qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, ularni sogʼlom turmush tarziga moslashtirish maqsadida nazoratda turgan har bir shaxsning yashash xonadonlariga tashrif buyurish jarayonida ularning oiladagi muhiti, muammolari oʼrganilib, vakolat doirasida hal etish choralari koʼrishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, viloyat va shahar-tuman hokimliklari, MFY, keng jamoatchilik, Yoshlar ittifoqi, tibbiyot muassasalari mutaxassislari jalb etilishi oʼz samarasini berishi taʼkidlandi.
Tadbirda qatʼiy tuzalish yoʼliga oʼtgan, belgilangan qoidalarga amal qilib, mehnatga halol munosabatda boʼlayotgan, mahallada va oilada namunali xulqi bilan oʼrnak boʼlayotgan bir guruh nazoratdagi shaxslarga IIV oʼrinbosarining “Tashakkurnoma”si va tadbirkorlik bilan shugʼullanish istagida boʼlgan ikki nafar yoshlarga tikuv mashinkasi, kompyuьter jamlanmasi berildi.

Text to speech