22 Fevral 2024 yil 274

Nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik tadbir

G‘uzor tuman IIBda  bo‘lim JXX Probatsiya guruhi hisobida turib, jazo o‘tab kelayotgan mahkumlar  bilan  uchrashuv o‘tkazildi.  Uchrashuvda  tuman hokimligi, IIB rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi, bandlik va mehnat munosabatlari bo‘limi, diniy idora vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Ko‘lami keng uchrashuvda nazoratdagi shaxslarga hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Tadbirda nazoratdagi shaxslarning  savollariga atroflicha javoblar berildi. Yakunda tuman bandlik va mehnat munosabatlari bo‘limi tomonidan bir nafar mahkumni ishga joylashtirish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech