7 Sentyabr 2024 yil 484

“Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot  ilmda” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari hamda Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Talat Mamatqulov ochdi.

Tadbirda so‘z olgan Qarshi davlat universiteti katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori G‘aybulla Uralov hozirgi tahlikali zamonda navqiron avlodimiz, jondek aziz farzandlarimiz hayotiga, ularning ta’lim-tarbiyasiga bir lahza ham loqayd qarashga mutlaqo haqqimiz yo‘q, - dedi. - Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad yo‘lida dadil ilgarilab borayotgan Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi oldidagi mislsiz vazifalar ham bu bordagi maqsadlarimizni yanada teranlashtiradi. Chunki biz intilayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun, avvalo, yuksak professional kadrlar – o‘z ishining chinakam ustalari, har qanday sharoitda ham el-yurtimizga sadoqatli va jonkuyar insonlar kerak. Bugun ushbu masala mamlakatimiz taqdiri va kelajagini, barchamizning hayot-mamotimizni belgilaydigan eng mas’uliyatli va sharafli ishga aylanmoqda.

“Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” deya ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan bu purma’no so‘zning mohiyati keyingi yillarda yurtimizda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotgan katta ishlar ko‘lami qadar keng quloch yoymoqda.

Shu o‘rinda so‘nggi yillarda yurtimizda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etilgani, 11 yillik maktab ta’limi tizimi tiklangani, ulug‘ allomalari¬miz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va

Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibro¬yim Yusupov, Ishoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilishi ham har jihatdan sifatli ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar beradi, albatta.

Prezidentimizning «2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni va «Xalq ta’limini rivojlanti-rishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori sohadagi islohotlarning huquqiy-meyoriy asoslarini mustahkamlash barobarida, amalga oshirilayotgan yangilanishlarga dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.

Zakiy bobomizning “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda”, deya bildirgan hikmati bugun amalda o‘z isbotini topmoqda.

Text to speech