Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB P va JIEB 2-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar ragʼbatlantirildi
Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 30 iyundagi OʼQR-625-son "Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan oʼzgarish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Qonuniga muvofiq koloniyada jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlarga nisbatan ragʼbatlantirish choralarini qoʼllash boʼyicha kommisiya tomonidan mehnatga, oʼqishga vijdonan yondashayotgan, yaxshi hulqi bilan boshqa mahkumlarga oʼrnak boʼlayotgan, jamoat ishlari va tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan hamda tartibot qoidalariga doimiy ravishda rioya etib kelayotgan mahkumlarga nisbatan tashakkurnoma, navbatdan tashqari telefon orqali soʼzlashuv, posilka va banderol olish huquqi berildi hamda muqaddam berilgan intizomiy jazasi muddatidan oldin bekor qilindi.