“Navoiy va Bobur vorislari”
Adabiyot insonni goʼzallikka yetaklovchi, maʼnaviy va ruhiy olamini boyituvchi, poklovchi qudratli vositadir. Sheʼriyatga oshno boʼlish, badiiy asarlarni mutolaa qilish yosh avlod qalbida ezgulik, olijanoblik va insoniylik tuygʼularini kamol toptiradi. Zotan, ona tiliga, adabiyotga muhabbat – bu Vatanga,millatga muhabbatdir.
Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida oʼzbek mumtoz adabiyotining buyuk vakillari Alisher Navoiyning 581 yilligi va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur vorislari” nomli gʼazalxonlik kechasi oʼtkazildi. Xalqimizning buyuk siymolari tavallud sanasi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda litseyning 1-2 va 3-kurs oʼquvchilaridan iborat “Nazm”, “Navo” va “Tojmahal” jamoalari ulugʼ ajdodlarimizning ibratli hayoti, boy ijodiy merosi haqida olgan bilimlarini, sanʼatga boʼlgan iqtidor va qobiliyatlarini namoyish etdilar. Shoirona ruhda oʼtkazilgan ushbu nazmiy mushoirada oʼquvchilar ijrosida Navoiy va Bobur qalamiga mansub durdona gʼazallar, ruboiylar ifodali aytildi. Ijro etilgan kuy va qoʼshiqlar, jozibali raqslar barchada yaxshi taassurot qoldirdi.