9 Fevral 2023 yil 324

Navoiy va Bobur me’rosi beqiyos ma’naviy xazina  

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavlludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, boshqarma Faxriylar kengashi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi xodimlari, ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etishdi.  

Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov ochdi.

Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova so‘zga chiqib, buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy va  shoh va shoir Boburning falsafiy va ilmiy asarlari ma’naviyatimizni boyitishda bebaho xazina ekanligini ta’kidladi. 

Alisher Navoiyning asarlari juda ko‘p va ular o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda juda qo‘l keladi. Jumladan, inson kamoloti, uning ma’naviy qadriyatlar haqidagi xalq og‘zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida doim amalga oshirib borishlari uchun eng qulay vositadir. Shoirning asarlari, tazkira va boshqa asarlarida insonni axloq-odobi, uni komilikka yetaklovchi ma’naviy dunyosini boyitish borasida insoniy qadriyatlar ibratli satrlarda ifodalangan.

Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymo Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurligi, uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa egaligi ta’kidlandi.

Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy  sifatlarini ongi va tushunchalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etuvchi tadbir ishtirokqilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech