8 Fevral 2025 yil 679

Navoiy merosi – millat xazinasi

Qashqadaryo viloyati IIBda “Navoiy merosi  millat xazinasi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, Qarshi DU o‘qituvchisi ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov ochdi.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan Qarshi DU o‘qituvchisi, dots.nt Rashid Jumayev ma’ruza qildi.
Tadbirda boshqarma TB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Yashin Xudoyberdiyev qonunchilikdagi o‘zgarishlar, MMI va KBTX bo‘lim boshlig‘i, mayor Doston Bo‘riyev kasbiy va jangovar tayyorgarlikni oshirish, TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi kapitan Suxrob Muxammadiyev “Zamonaviy kiberjinoyat turlari va ulardan ogoh bo‘lish” mavzusida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi.

Text to speech