6 Fevral 2024 yil 385

Navoiy asarlari beqiyos ma’naviy xazina

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavlludining 583 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, boshqarma Faxriylar kengashi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.  

Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov ochdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning falsafiy va ilmiy asarlari ma’naviyatimizni boyitishda bebaho xazina, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda juda qo‘l keladi. Jumladan, inson kamoloti, uning ma’naviy qadriyatlar haqidagi xalq og‘zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida doim amalga oshirib borishlari uchun eng qulay vositadir. Shoirning Xamsa va boshqa asarlari, tazkira hamda ruboiylarida insonni axloq-odobi, uni komilikka yetaklovchi ma’naviy dunyosini boyitish borasida insoniy qadriyatlar ibratli satrlarda ifodalangan.

Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy  sifatlarini ongi va tushunchalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etuvchi tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech