Navbatdagi o‘quv yig‘iniga Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar, Kitob tumani yosh xotin-qizlari jalb qilindi
Qashqadaryo viloyati IIB va IIV Akademiyasi
professor-o‘qituvchilari hamkorligida viloyati uyushmagan yoshlari uchun
“Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida o‘quv yig‘inlari
davom ettirilmoqda. Navbatdagi o‘quv yig‘iniga Qashqadaryo viloyati Kitob
tumani yosh xotin-qizlari jalb qilindi. Tadbirda xotin qizlarga “Vatan va
dahldorlik tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda inson taqdiridagi
o‘rni”, “O‘zbek xalqi shonli tarixidagi buyuk vatandoshlarimizning
ibratli hayoti va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”, shuningdek “Virtual
makondagi kibertahdidlarning yoshlar ongiga ta’siri va salbiy oqibatlari”,
“Mustaqillik – yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoni” mavzulari
bo‘yicha ma’ruza seminar-treninglar tashkil etildi. O‘quv yig‘inida Qashqadaryo
viloyati Kitob tumani sektor rahbarlari ishtirok etdi. Ular tomonidan
yosh xotin qizlarning savollariga batafsil javob berildi. Tadbir yakunida,
o‘quv yig‘inida faol ishtirok etgan 10 nafar yosh xotin qizlarga
tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.