19 Sentyabr 2024 yil 518

Navbatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi


Kitob tumanida joylashgan Davlat xizmatlari markazida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

 Sayyor qabulda viloyat ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rajapov  7 nafar fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi. 

Qabulda ichki ishlar organlarining tergov  va profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv  harakatlari va boshqa masalalarga oid murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy yechim topdi. Tekshirish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.                                                                               Jumladan, qabulda pasport olish yoshiga yetgan 3 nafar kitoblik yoshlarga fuqarolik ID-kartalari, besh nafar yoshlarga subsidiya asosida noutbuklar tantanali ravishda topshirildi.

Boshqarma rahbariyati tomonidan joylarda sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Text to speech