15 Fevral 2025 yil
1281
Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Kasbi tuman "Xalq qabulxonasi"da tuman hokimi o‘rinbosari Turop Tursunov, tuman IIB boshlig‘i Otabek Raximov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sherzod Ahmedov, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Qabulda fuqarolarning sog‘likni tiklash, ijtimoiy ko‘mak, uy-joy, kommunal
sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, bandlik va boshqa masalalarga oid
murojaatlari o‘rganish uchun qabul qilindi.
Ba'zi fuqarolarga qabul jarayonida huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.