1 Noyabr 2022 yil 328

NAVBATDAGI BITIRUVCHILARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 23 may kunidagi farmoyishiga asosan, Qarshi shahridagi harbiy shaharchada viloyat ichki ishlar boshqarmasining tuman-shahar ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari bosqichma-bosqich o‘quv yig‘inida ishtirok etmoqda. 

Profilaktika inspektorlarining jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, sohaga oid me’yoriy buyruq va qonunlarni yanada chuqur o‘rganish maqsadida tashkil etilgan o‘quv yig‘inida harbiy tartib-intizom sharoitida jismoniy va jangovar tayyorgarligi ham oshirilmoqda.      

Yaqinda Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarini bitirgan profilaktika inspektorlariga belgilangan namunadagi sertifikatlarni tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech